Asosiy fikrlar
Qanday qilib oʻzbek choponining elchisiga aylandingiz?
«Bu rejalashtirilmagan edi. Bu shunchaki ishtiyoq boʻlib, keyin hayot tarziga aylandi. Mijozlarim va oʻzim uchun chopon izlab tez-tez Chorsu bozoriga borardim va bu izlanishlarimni blogimda baham koʻrardim. Odamlar meni milliy libosning shu unsuri bilan bogʻlay boshladi va Coco Chapan deb atashdi. Shu nom ostida merch chiqara boshladim, keyin esa nadi_uz / ITEMS kiyim brendini yaratdim. Endi men choponni oʻziga xoslik va kuch belgisi deb bilaman».
«Bu shunchaki kiyim emas. Uning ildizi, xarakteri va ovozi bor».
Choponni nima bunchalik alohida qiladi?
«Bu shunchaki kiyim emas. Uning ildizi, xarakteri va ovozi bor. Ilgari chopon pasportga oʻxshardi: uning naqshlariga qarab egasining hududi, maqomi va kasbini „oʻqish“ mumkin edi. Naqshlar — ramzlar, shifrlangan xabarlar. Bugun esa u shunchaki aql bovar qilmas darajada goʻzal, qulay va universal».
Choponning jahon modasida kelajagi bormi?
«Loro Piana, Etro, Dries Van Noten kolleksiyalariga qarang — ularda chopon silueti, mato bilan ishlash, sharqona drama koʻrinadi. Kelajak etnik estetikada ekaniga ishonaman. Chopon esa eng ifodali ramzlardan biri sifatida albatta ilhomlantirishda davom etadi».
Ilk bor chop etilgan nashr: Visit Uzbekistan, 2025-yil 12-sentabr. Tarjima: nadi.uz.